Toshkent shahridagi Inha universiteti 2019 yilning 22 iyuldan 9 avgustgacha Koreya Respublikasining Inha universiteti yozgi maktabida ishtirok etadigan iqtidorli talabalar uchun «Summer school» dasturi boshlanganini e’lon qiladi.
O‘tgan yillarda bo‘lgani singari, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti Inha universiteti qoshidagi 10 nafar faol va iqtidorli talabalarga yozgi maktabga bepul ishtirok etish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, yozgi maktabda ishtirok etish istagini bildirgan Toshkent shahridagi Inha universitetining boshqa talabalari dastur narxini to‘lash sharti bilan o‘z hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.
Dasturning maqsadi IUT talabalariga o‘zini o‘zi ijodiy anglashi, dasturiy ta’minotni yaratish yoki har qanday boshqa mahsulotlarni yaratish yo‘li bilan o‘zlarining intellektual faoliyati, shuningdek axborot mahsulotlari va xizmatlarni amaliy, professional tajriba va ko‘nikmalarga oid imkoniyatlarini taqdim etishdan iboratdir.
Tanlovli saralash davomida (SOCIE) kompyuter va axborot muhandisligi maktabi va (SOL) logistika maktabining o‘quvchilari ijodiy, asl hamda amaliy loyihalarni ishlab chiqishi kerak. Shunday qilib ehtimoli bo‘lgan loyiha yoki mahsulot Toshkent shahridagi Inha universiteti foydasiga va rivojlanishiga yo‘naltirilishi lozim.
Tanlov natijalariga ko‘ra, hakamlar hay’ati Janubiy Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadigan eng yaxshi loyihalar va ruxsatnoma egalarini tanlab oladi.
Yozgi maktabda bo‘lgan vaqtida talabalar “Koreys tili”, “Sharqiy Osiyoning siyosati va xalqaro aloqalari”, “Koreya va uning madaniyati”, “Koreyada iqtisod va biznes”, “Kelajakning yangi texnologiyalari” kabi kurslarda ishtirok etadi.
Yozgi maktabda talabalar Koreya Respublikasining madaniyati va sayyohlik joylari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi, shuningdek, turli fanlardan bilim oladi.
Qayd etamiz, yozgi maktabda dunyoning turli mamlakatlari universitetlari talabalari ishtirok etadi.
