15-16 may kunlari «INNOWOMENWEEK» innovatsion ayollar haftaligi doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetida «TECHNOWOMENUZ» forumi bo’lib o’tdi.
Mazkur forum ayollarni dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda ishtirokini oshirish, shuningdek, ularning sanoat va IT-texnologiyalar kabi sohalarga jalb qilinishiga bag’ishlangan.
Ushbu forum davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti, O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi, Innovatsiyalarni rivojlantirish va intellektual mulk agentligi bilan birgalikda «Intellektual mulkni muhofaza qilish va mahsulotni sotish, shuningdek, milliy tanlovda ishtirok etish uchun loyihalarni tayyorlash» va «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzularida o’quv seminarlari tashkil etildi.
Toshkent shahridagi Inha universitetining professor-o’qituvchilari zamonaviy jihozlangan o’quv xonalarida ishtirokchilarni AT sohasidagi yangi terminlar, mobil dasturlari, professional kompyuterlar bilan ishlash va axborot xavfsizligi asoslari bilan tanishtirdilar. Seminar ishtirokchilari Toshkent shahridagi Inha universitetining sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Mamlakatimizda xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarni ommalashtirish uchun bunday seminarlar ixtirochilar, tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yangi avlodini rivojlantirishga hissa qo’shmoqda.