Musobaqa
Toshkentdagi Inha Universiteti talabalari — Huawei ICT Competition 2025–2026 g‘oliblari
2026 yil 30 yanvar kuni Huawei ofisida Huawei ICT Competition 2025–2026 Innovatsion yo‘nalishi milliy finali bo‘lib o‘tdi, unda talaba jamoalari barqaror rivojlanish va raqamli transformatsiyaga qaratilgan AI loyihalarini taqdim etdilar.
Finalda Toshkentdagi Inha Universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TUIT) dan jami olti jamoa ishtirok etdi.
Hakamlar 1-o‘rinni Toshkentdagi INHA universitetining BinaryHood jamoasiga berdi. Jamoa Dermato loyihasi bilan ishtirok etdi — bu teri holatini tezkor tahlil qilish va shaxsiy parvarish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi innovatsion AI platforma. Loyiha yuqori darajadagi muhandislik fikrlashini hamda raqamli sog‘liqni saqlash sohasidagi amaliy ahamiyatini namoyish etdi.
BinaryHood jamoasi Abror Musulmonov, Moxirboy Muzaffarov va Uyg‘un Tursunov tomonidan taqdim etildi.
Shuningdek, Toshkentdagi INHA universiteti Upstyle loyihasi bilan ham ishtirok etdi. Ushbu loyiha foydalanuvchilarga garderoblarini tahlil qilish, yangi stil yechimlarini topish, shuningdek upcycling va ongli iste’mol g‘oyalarini rivojlantirishda yordam beruvchi barqaror moda yo‘nalishidagi AI ilova hisoblanadi.
Upstyle jamoasi Nurmuxammad Nuriddinov, Qobil Riskaliev va Sunnat Axmedov tomonidan taqdim etildi.
Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy final onlayn formatda bo‘lib o‘tadi, global final esa shu yil iyun oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadi.
Talabalarimizni ajoyib chiqishlari bilan tabriklaymiz va musobaqaning keyingi bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz! 🏆🌍
