24-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat edi.
Musobaqada Mirzo Ulug‘bek tumanining 300 dan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida sport o‘yinlari, deputatlar va yoshlar uchrashuvlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Eslatib o’tamiz ushbu tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi
PQ-92 sonli qarori asosida amalga oshirildi.