Joriy yilning 12 mart kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilari ishchi guruhi va OKMK nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida bo‘lib o‘tgan “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” press-turida ishtirok etdi. Ushbu tashrif Toshkent shahridagi Inha universiteti va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligidagi tadbirlar doirasida amalga oshirildi.
 
Avval xabar berganimizdek, 22-yanvar kuni ikki tomonning uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda hamkorlikdagi vazifa va maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi.