2019-yil 15-20 dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida Relativistik Astrofizika bo’yicha 30-Texas Simpoziumi bo’lib o’tdi. Unda Toshkentdagi Inha Universiteti professori Farrux Atamurotov «Aylanuvchi qora tuynuk soyasi» mavzusi bilan ishtirok etdi.
“Qora tuynukning optik xususiyatlari va fazoviy-vaqtning tuzilishini o’rganish, umumiy nisbiylik nazariyasi va boshqa gravitatsiya nazariyalarining yangi modellarini yaratish hozirgi zamon relyativistik astrofizikasining muhim vazifalaridan biridir. Qora tuynuk soyasini nazariy o’rganish gravitatsiya modellarini xususiyatlarini tushunishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi ”, – deya tushuntirdi professor Atamurotov.
Eslatib o’tamiz, simpozium har ikki yilda o’tkaziladigan astrofiziklar va kosmologlar uchun eng yirik xalqaro konferentsiyalardan biri bo’lib, avvalgi simpoziumlar 2017-yilda Keyptaun va 2015-yilda Jenevada bo’lib o’tgan. Oldingi uchrashuvlar an’anasiga ko’ra, 30-Texas simpoziumi relativistik astrofizikada, shu jumladan gravitasiya, kosmologiya, gravitatsion to’lqinlari, Neytron yulduzlar va kosmik nurlar masalalarni qamrab oldi.
Simpozium yakunida professor Atamurotov.Farrux Portsmut universiteti Kosmologiya va Gravitatsiya instituti direktorining o’rinbosari, professor Devid Bekon bilan hamkorlikni qilish bo’yicha muhokama qildi. Umid qilamizki, kelajakda Toshkentdagi INHA universiteti va Portsmut universiteti o’rtasida muzokaralar olib boriladi.