1. Ibrohim, siz Gruziyaga sayohat uchun tanlab olingan eng yaxshi talabalar guruhida bo’lgansiz. Sayohat haqida so’zlab bersangiz.
Kiberxavfsizlik bo’yicha o’quv oromgohi yakunlandi va bu dasturda qatnashish men uchun sharafli bo’ldi. Bu o’quv dasturi 18-25 yanvar kunlari Gruziyada bo’lib o’tdi. Dastur davomida biz uchta yo’nalishda (axloqiy xakerlik, kriptografiya, piton) juda ko’p qimmatli bilim va malakalarga ega bo’ldik. Dastur oxirida bizda xakaton( aniqrog’i CTF, loyiha ishi va savol-javob) bo’ldi. Bunga 5 soat vaqtimiz ketdi. Xakaton tungi soat 2gacha bo’lganiga qaramay, juda qiziqarli bo’lib o’tdi.
Darslardan tashqari, biz ikkita shaharga tashrif buyurishga muvaffaq bo’ldik: Tbilisi va Bakuriani, va bo’sh vaqtimizda biz har kuni bu shaharlar bo’ylab soatlab sayr qildik va chang’i uchish, xarid qilish, stol o’yinlarini o’ynash va hokazo mashg’ulotlar bilan vaqtimizni chog’ o’tkazdik.
2. Qishki oromgohni kim tashkil qilgan?
Kiberxavfsizlik o’quv oromgohi Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan SCSA (Scientific Cyber Security Association) hamkorligida tashkil etildi. Dastur davomida biz o’z kasblarining mutaxassisi bo’lgan murabbiylardan ta’lim oldik(Mr Maksim va Mr Jorj). Ma’ruzalardan tashqari, ular bizga Gruziyaning turli diqqatga sazovor joylari bo’ylab sayohat o’tkazishdi va biz ularning bu mehmondo’stliklari uchun juda qadrlaymiz.
3. Inhada olgan bilimlaringiz tanlovda yutib chiqishingizda qanchalik yordam berdi deb o’ylaysiz?
Tanlovga kelsak, «IT ga kirish» fani tanlov davomida menga juda yordam berdi, chunki u kiberxavfsizlik bilan bog’liq fandir. Shuningdek, men ushbu tanlovga ariza topshirishdan 1 kun oldin “Kiberxavfsizlikka kirish” onlayn kursini o’qidim. Aslida, bu sohada tajribam bo’lmasa ham, tanlovdagi savollar ko’ringanidek qiyin emas edi. Men, haqiqatan ham, barchaga imkoniyatlardan unumli foydalanishni maslahat beraman, chunki bunday tajribadan so’ng sizda albatta ijobiy xotiralar qoladi.
4. Qishki oromgoh haqidagi taassurotlaringiz va shu vaqt ichida olgan bilimlaringiz haqida gapirib bering. Axir bu Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining birinchi xalqaro sayohatidir.
Shaxsan menda bu sayohatdan faqat ajoyib taassurotlar qoldi, chunki biz qimmatli tajribaga ega bo’ldik va dastur davomida vaqtimiz juda qiziqarli o’tdi. Ertalab soat 9 da turib, yarim tungacha turli tadbirlarda ishtirok etardik, har xil qiziqarli mashg’ulotlar bilan shug‘ullanardik. Bundan tashqari, shuni aytishim joizki, men turli xil kelib chiqishi va turli nuqtai nazarga ega bo’lgan 11 nafar iqtidorli va shijoatli tengdoshlarim bilan tanishdim va biz ular bilan kurs davomida o’z tajribalarimizni bo’lishdik.
Bunday ajoyib imkoniyat uchun Toshkent shahridagi INHA universitetiga, Muzaffar Djalalovga, barcha tashkilotchilarga va albatta SCSA vakillariga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.