Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Boboshov Sardor 2020 yilgi Xalqaro fizika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
 
Toshkent shahridagi Inha universitetining 1-bosqich talabasi Boboshov Sardor 2020-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro fizika olimpiadasining eng yaxshi ishtirokchilari o‘ntaligidan joy oldi.
 
Olimpiada Rossiyaning Moskva fizika-texnika instituti tomonidan onlayn tarzda tashkil etilgan bo‘lib, unda dunyoning 45 davlatidan 200 dan ortiq umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirok etdi.
 
Universitet jamoasi Sardor Boboshovga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.