«Aqilli niqob» dasturchilari Covid-19 Challenge 2020da final bosqichiga chiqdilar

 

Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari Doston Mardiev va Aziza Abdurakhmanova o’zlarining «Aqilli niqob» deb nomlangan dasturini Covid-19 Challenge 2020 pandemiyasining oqibatlarini yumshatish uchun innovatsion vositalar va yechimlarni topish tanloviga taqdim etishdi va final bosqichiga chiqishdi.

 

7- aprel kuni Inqirozga qarshi qaratilgan tanlovda 600 dan ortiq arizachilar ushbu, sogʻlikni saqlash, yordamga muhtoj aholiga koʻmaklashish, kichik biznes va oʻzini oʻzi band qilganlarni qoʻllab-quvvatlash, jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim, xabardorlikni va xulq-atvorni yaxshilash yo’nalishlari bo’yicha qatnashdilar.Tanlov natijalariga ko’ra tashkilotchilar har bir yo’nalish bo’yicha uchta eng yaxshi ishtirokchilari tanlab olindi.

 

Inha universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan «Aqlli niqob» loyihasi sog’liqni saqlash sohasidagi uchtalik sirasiga kirdi.Ushbu yo’nalishda yana ikkita nomzodlar «Bakterial filtr, oksidlanish niqobi va Venturi qopqog’i» va «Qo’shimcha texnologiyalar yordamida yordamchi himoya vositalarini ishlab chiqarish» loyihalari bilan qatnashmoqdalar.

 

5 may kuni final g’oliblari murabbiylik sessiyalariga taklif qilinadi va har bir loyiha mahsulotlari sinovdan o’tkazilib amalga oshirish mumkin bo’lgan dastur ishlab chiqariladi.Aynan shu kuni tanlovning so’nggi kuni bo’lib o’tadi va har bir yo’nalish g’oliblari aniqlanadi.Eng yaxshi beshta loyiha egalari $ 10,000 gacha sovringa sazovor bo’ladilar.

 

Eslatib o’tamiz Covid-19 Challenge 2020 tashkilotchilari O’zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, IT Park Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi,  “Raqamli ishonch” jamg’armasi, Jahon banki va YXHT O’zbekistondagi loyihalar koordinatori.