Inha universiteti yoshlar o’rtasida oliy ma’lumotni targ’ib qilish bo’yicha kampaniya ishga tushdi

 

Universitetda «Talabalarni rag’batlantirish guruhi» tuzilgan bo’lib,Inha universiteti talabalari ta’til jarayonida o’z shaharlarida o’rta mahsus maktab talabalari bilan uchrashib, oliy ma’lumot olishning ahamiyati va foydali jihatlari to’g’risida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashadilar.

Joriy yilning oxirida Inha universiteti ma’muriyati tomodian yigirma uch nafar faol universitet talabalaridan iborat bo’lgan guruh tuzuldi, ular yoshlarga oliy ma’lumotning ahamiyati haqida, shuningdek, mamlakatning eng nufuzli universitetlaridan birida o’qishga kirish va o’qish haqidagi shaxsiy tajribalari bilan bo’lishadilar.

«Universitetimiz talabalarining geografiyasi yil sayin kengayib bormoqda. Bugungi kunga kelib universitetmizda respublikaning deyarli barcha viloyatlaridan kelgan talabalar tahsil olmoqdalar.Oliy o’quv yurt talabalarining talabalik davrlari va olayotgan ilm darajalarini namoyish qilish orqali kelajakdagi kasblarini aniqlay olmagan va o’liy ma’lumot haqida bir fikirga kelmagan o’spirinlar uchun misol shaklida korsatish foydali deb o’ylaymiz. Bizning fikrimizcha, yoshlar o’z tengdoshlariga oddiy va oson ma’lumot yetkaza oladilar. Bundan tashqari, ishsiz va ta’limsiz bo’lgan tegdoshlariga erishgan yutuqlari orqali yaqqol namuna bo’la oladilar”, – deya ta’kidladi universitet rahbariyati.

Shu bois universitetimizda «Student promotion group» ochilish marosimi bo’lib o’tdi, unda rektor vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalolov va prorektor professor Lee Dongwon ishtirokida universitet talabalariga sertifikat va brend jaketlari topshirildi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimot va oliy o’quv yurtlarida o’qishga kirish, o’qitish va istiqbollar to’g’risida barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan axborot materiallari namoyish etildi.

Ta’til davomida yigirmadan ortiq viloyat talabalari o’z ona shaharlariga – Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Namangan, Andijon, Qarshi va Xorazmga jonab ketadilar va ulardan uch nafari Toshkentda talabalar bilan uchrashuvlar o’tkazadilar. Aksiya doirasida jami o’quvchilar yigirmatadan ortiq maktablarga tashrif buyurishlari va u yerda o’rta maktab o’quvchilari bilan suhbatlashishlari rejalashtirilgan.