IUT bitiruvchilari o’qishni chet elda muvaffaqiyatli davom ettirmoqda

 

2018-yilda «Kompyuter va dasturiy muhandisligi» bakalavriat fakultetining 90 nafar talabasi Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi bitiruvchilari bo’lishdi. Ulardan 15,5% talabalar Inha universiteti (Janubiy Koreya), Kipr milliy universiteti (Kipr), Sejong universiteti (Janubiy Koreya) va Busan universiteti (Janubiy Koreya) kabi yetakchi xorijiy universitetlarda magistratura bosqichida o’qishni davom ettirishdi. Bitiruvchilarning qolgan 75,5% i yuqori maosh to’lanadigan IT-kompaniyalar, vazirliklar va idoralarda ishlarga ega bo’lishdi. Ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarning 8% i o’z biznesini ochdi.

Bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti 207 talabalarni «Kompyuter va dasturiy muhandisligi» fakultetini tamomladi. Bitiruvchilarning 5,3 % i mahalliy universitetlarning magistraturasiga, 6,7 % Xanyang universiteti (Janubiy Koreya), Ulsan xalqaro universiteti (Janubiy Koreya), Inha universiteti (Janubiy Koreya), Yong-In universiteti (Janubiy Koreya), Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universiteti (Vengriya), Angliya Raskin universiteti (Buyuk Britaniya), Brno texnik universiteti (Chexiya), Riga texnik universiteti (Latviya), Agder universiteti (Norvegiya), Lotaringiya universiteti (Fransiya), Iqtisodiyot va madaniyat universiteti (Latviya), Lozaniya Federal politexnika maktabi (Shveytsariya) kabi yetakchi xorijiy universitetlarga qabul qilindilar. Bitiruvchilarning 15,9 % i chet elda magistraturaga kirishga tayyorlanmoqda. Qolgan 72,1 % i mamlakatning va dunyoning yetakchi kompaniyalarida muvaffaqiyatli ishga joylashishdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ko’pchilik talabalar ikkinchi kursdan boshlab qisman ishlamoqdalar va shaxsiy xarajatlari uchun pul ishlab, o’qish xarajatlarini to’lamoqdalar.