IUT talabalari Shinhan bankining stipendiyalarini oldi

Toshkent shaxridagi INHA universiteti talabalari Janubiy Koreyaning Shinhan bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi stipendiyalarini oldi.
 
Janubiy Koreyaning yirik banklaridan birining stipendiyalari IUT talabalariga universitetda o‘qish xarajatlarini qisman qoplashga imkon beradi. 
 
 “Logistika“ fakultetining ikkinchi bosqich talabalari Akbaraliyev Ahrorbek va Shuxratov Shoxrux Shinhan bankining stipendiyasi sohiblari bo‘ldi.
 
Toshkent shaxridagi INHA universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov IUT  talabalariga Shinhan bankining stipendiyalarini g‘urur bilan topshirdi.