IUT talabasi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari nafaqat bo‘lajak yuqori malakali IT-mutaxassislari, balki jahon sport maydonlarida O‘zbekiston sharafini g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usi bilan tarannum etayotgan bugungi kun sportchilaridir.
 
2019-yilning 26-fevral kuni Bishkek shahrida (Qirg‘iziston Respublikasi) Jahon Kulatuu Ertaymash MMA federatsiyasi tomonidan aralash yakkakurashlar bo‘yicha Yevroosiyo xalqaro chempionati bo‘lib o‘tdi.
 
O‘sha oqshom O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston vakillari ringga ko‘tarilishdi.
 
Barcha sportchilar turli vazn va yosh toifalarida (18 va 18+) edi. O‘zbekistonni 11 nafar sportchi himoya qildi, ular orasida Toshkent shahridagi Inha universitetining 2-kurs talabasi Timur Salimov ham bor edi.
 
93 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 1-raundda qirg‘izistonlik raqibi bilan kechgan jangda Timur Salimov munosib g‘alaba qozonib, mamlakatimiz hisobiga 4-oltin medalini keltirdi.
 
Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati, maʼmuriyati, professor-oʻqituvchilari va talabalari chempion Timur Salimovni munosib gʻalaba bilan tabriklaydi va unga ham sportda, ham oʻqishda doimo eng yuqori natijalarni qoʻlga kiritishini tilaydi.
 
Eslatib o‘tamiz, umumjamoa hisobida O‘zbekiston sportchilari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.