4-may “Aloqa xodimlari kuni” bayramiga bag‘ishlab Aloqa muzeyida IT va aloqa sohasi xodimlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov IT-texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi xodimlariga diplomlarni topshirdi.
Faxriy yorliqlarni Hamkorlikni rivojlantirish va homiylikni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Miryoqub Mirzahmedov va Toshkent shahridagi Inha universiteti IT bo‘limi audio-muhandis janob Temur Samiyevlar qabul qilishdi.
«Mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu ma’noda xodimlarimiz bunday yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganidan juda faxrlanamiz», – deydi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov.