Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining stipendiyalarini oldi.
Stipendiyalarga «Kompyuter va dasturiy injiniring (SOCIE)» fakultetining 4 chi va 2 chi bosqich talabalari Mamataliyev Darxonbek va Yo‘ldosheva Ummatoy, shuningdek «Logistika (SOL)» fakultetining 3 chi bosqich talabasi Azizjon Shodiyev sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ushbu stipendiyasi talabalar egallagan bilimning yuqori darajasi, ularning tadqiqotchilik faoliyati, tashabbuslari, namunali xulqi va intizomi uchun beriladi.