Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalov o‘z maqolasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi asosida O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, jamiyat hayotining barcha jabhalarida doimiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlaydi. Raqamli transformatsiyaga olib boruvchi muhim faktor bu ta’lim tizimi tomonidan yaratiladigan «inson kapitali» dir, shuning uchun ulkan vazifalarni hal qilishda universitetlarning roli yuqori baholanadi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti (TShIU) Incheon shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlik aloqalarini faol amalga oshirmoqda. Ularning so’nggi 8 yil davomida bizga taqdim etayotgan o’qitish metodikasi TShIUning xalqaro maqomini tan olinishi uchun asos yaratadi.
Maqolada ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda universitet mahalliy ilm-fan markazlaridan biriga aylanadi. U nafaqat talabalarni o‘qitishi, balki ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib borishi, ularning ko‘pchiligini talabalar, magistrantlar va doktorantlar amalga oshirishi kerak.
TShIU va Koreya taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik faqat axborot texnologiyalari sohasi bilan cheklanmaydi. Universitet O‘zbekiston yoshlarida koreys madaniyatiga qiziqishni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Umuman olganda, TshIUda kelajakdagi muvaffaqiyatli ta’lim konsepsiyasi fan va o‘qitishning innovatsion uslublarini rivojlantirishdan iborat, – deya xulosa qiladi Muzaffar Djalalov.
Maqolaning toʻliq versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin –//www.koreapost.com/news/articleView.html?idxno=27562