O’zbekistonda masofaviy ta’limning rivojlanishidagi to’siqlar – ekspert

 

COVID-19 pandemiyasi tufayli mamlakatdagi barcha o’quv muassasalari yopilgan. Qisqa ta’tildan so’ng asta sekin maktablar va universitetlar o’quv jarayoniga qaytishni boshladi, ammo mashg’ulotlar masofadan turib olib borilmoqda. Toshkent shahridagi Inha Universiteti professori dunyoda ta’lim modelining o’zgarishi va Covid-19 pandemiya sababli O’zbekistonda masofaviy ta’limni rivojlanishi haqida so’zlab berdi.

Sun’iy intellekt professori Francis Tai Nohing so’zlariga ko’ra, so’nggi yillarda ta’lim sohasi sezilarli darajada o’zgargan. Professorning so’zlariga qarganda yaqin kelajakda ta’lim modeli To’rtinchi sanoat inqilobida va’da qilinganidek jiddiy farqlanadi. Masalan, ma’lum bir vaqt ichida oliy ma’lumot olish (bakalavr) asta-sekin, uzluksiz (lifelong,learning) uzaytiriladigan qisqa muddatli ta’limni almashtiradi: fasilitatorlar mutaxassislarni almashtiradilar va ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan har kim dars bera oladi va sinflar va kampuslar gadjetlar va Internet fonida ahamiyatsiz bo’lib, masofaviy o’qishni rivojlantirishga hissa qo’shadi.

«COVID-19 sababli butun dunyo masofaviy ta’lim berishni boshladi, ammo ko’plab davlatlar bunga tayyor emas edi. Mavjud ta’lim tizimi asta-sekin ma’ruzalar kontekstga yo’naltirilgan o’qishga o’tishi kerak. Ammo ushbu ta’lim yo’nalishiga o’tish davri uchun jalb qilingan barcha tomonlarning qiziqishi juda muhimdir. Barchamiz bu paradigma o’zgarishiga moslashish zarurligini his etishimiz kerak. Menimcha, hozirgi sharoitda O’zbekistonda buni amalga oshirishning imkoni bor”, – dedi Francis Tai Noh.

Toshkentdagi Inha Universiteti professorining fikricha, O’zbekistondagi vaziyat ko’plab mamlakatlar kabi masofadan turib o’qitishning rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin. Biroq, hamma talabalar ham bu fikrga qo’shilishmaydi. Rasmiy Telegram kanalida Universitet matbuot xizmati tomonidan o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, aksariyat talabalar masofaviy ta’lim tizimiga o’tishni salbiy deb bilishadi. 800 tadan 35% talabalar  bunday mashg’ulotlarni samarasiz deb bildilar va 16% mamlakatimiz Universitetlari bunday yangilikka tayyor emasliklarini qo’shimcha qildilar. Faqat 8% uyda yoki sinfda o’qish o’rtasidagi farqni sezmasdan masofaviy ta’limga nisbatan befarq ekanliklarini bildirdilar. Shu bilan birga, 25% masofaviy ta’lim tarafdorlari va hozirgi ta’lim tizimiga yangi narsalarni kiritish vaqti kelganligini ta’kidladilar. Yana 16% talabalar bu  yangilikni qo’llab-quvvatlab, uni qiziqarli tajriba deb atashdi.

Ta’kidlash joizki, masofaviy ta’lim tizimi, qiyinchiliklar tufayli ta’lim ololmaydigan alohida ehtiyojli insonlar uchun ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Professorning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonda Internetning yuqori tezligi, talabalarning to’liq ta’lim olishi uchun to’sqinlik qiluvchi omillar qatoriga kiradi.