Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati talabalar bilan onlayn video uchrashuv o’tkazdi
Shu yilning 10 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchi kurs talabalari bilan online tarzda ochiq muloqot o’tkazildi.
Unda universitet rektori v.b. Muzaffar Djalalov, prorektorlar va bo’lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda talabalar tomonidan o’quv jarayoni, ishga joylashish, masofaviy ta’lim, imtixonlar, diplom berilishi va boshqa masalalar bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Talabalardan kelib tushgan savol va mulohazalaridan kelib chiqib tegishli bo’limlarga topshiriqlar berildi.
Bu formatdagi online muloqot muntazam ravishda tashkil etilib borilishi kelishib olindi.