Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi AQSHdagi eng nufuzli universitetlarning biridan Saint Louis University magistratura bosqichida o‘qish uchun grant yutib oldi

1) Ismingiz va familiyangiz, yoshingiz va qaysi fakultetni qaysi yilda tugatgansiz?
 
Mening ismim Farangiz Nuriddinova, men 22 yoshdaman. Men 2021 yilda TIUni logistika fakultetini tugatdim.
 
2) AQSHdagi siz kirgan magistrlik dastur va universitet nomi nima? Qaysi shaharda joylashgan?
 
Missuri shtatida joylashgan, Sent-Luis shahridagi Sent-Luis universitetiga STEM-sertifikatlangan ta’minot zanjiri menejmenti ilmiy dasturi bo‘yicha magistraturaga muvaffaqiyatli qabul qilindim. Sent-Luis universiteti Amerikaning eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi. SLU akademik dunyoda havas qiladigan obro‘ga ega va uning Chaifetz biznes maktabi ta’minot zanjirlarini boshqarish bo‘yicha magistrlik dasturi bilan mamlakatda 13-o‘rinni egallab turibti.
 
3) Aynan ushbu universitetni tanlashingizga nima sabab bo‘ldi?
 
Logistikada mustahkam poydevorga ega bo‘lgan to‘rt yillik TIU bakalavr darajasi, shuningdek, TIUda ta’minot zanjiri menejmentini o‘rganishdan olgan zavqim va katta qiziqishim meni Sent-Luis universitetiga ta’minot zanjiri menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga kirish qarorimga sabab bo‘ldi. Va men, SLU oliy darajali professor-o‘qituvchilar bilan ishlashim mumkin bo‘lgan eng yaxshi joy ekanligiga amin edim.
 
4) Raqobat qanchalik kuchli bo‘ldi?
 
Xalqaro talabalar umumiy talabalar sonining taxminan 5,8 foizini tashkil qilganligi sababli, men, stipendiya dasturlari uchun raqobat juda yuqori bo‘ldi, deb aytgan bo‘lardim.
 
5) Imtihonlarni topshirish qiyin bo‘ldimi?
 
Qabul uchun asosiy talablar IELTS 7,5, GMAT ballari, kasbiy maqsadlarni belgilash, o‘qish davomida olingan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA), yetakchi professor-o‘qituvchilarning kuchli tavsiyanomalari va ushbu sohadagi ish tajribasi edi. Umuman olganda, aynan shular stipendiya dasturiga qabul qilishda hisobga olingan asosiy omillar edi.
 
6) Qabul jarayonida sizni eng ko‘p ajablantirgan nima bo‘ldi?
 
SLU xalqaro talabalarni yo‘naltirish, madaniy tadbirlar va immigratsiya muvofiqligi orqali barcha xalqaro talabalarning madaniyatlararo o‘sishini va global istiqbollarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qabul jarayoni bilan bog‘liq barcha savollarimga o‘z vaqtida javob berish uchun qabul komissiyasi har doim zoom orqali yig‘ilishlarni o‘tkazishga tayyor ekanligidan juda hayron qoldim. Bunga qo‘shimcha ravishda, universitet tomonidan taqdim etiladigan halqaro stipendiyalar va yuqori natijalar ko‘rsatganlikga asoslangan mukofotlarni ham eslatib o‘tish kerak.
 
7) Ushbu universitetda o‘qishdan nima kutmoqdasiz?
 
Sent-Luis universiteti ta’lim sohasida ham, professional jihatdan ham o‘sishim uchun eng yaxshi joy. Ushbu universitetda magistr darajasini olish mening kasbiy mahoratimni va shu bilan ta’minot zanjiri sohasida ishlash imkoniyatlarimni oshirishga yordam beradi.
 
8) Kelajak uchun rejalaringiz
 
O‘zbekistonda logistika ravnaqiga hissa qo‘shish nuqtai nazaridan SCM bo‘yicha magistraturani tamomlaganimdan so‘ng men ta’minot zanjiri bo‘yicha professional tahlilchi sifatida o‘z kareramni davom ettirishni xohlayman. Yetarli ish tajribasiga ega bo‘lganimdan keyin ma’lum bir vaqt o‘tgach, men ushbu sohada doktorlik dissertatsiyasini himoya qilmoqchiman.
 
9) Inha universiteti (balki professorlar-o‘qituvchilar) sizning talabalik xayotingizda qanday rol o‘ynadi?
 
Shuni ta’kidlash kerakki, talabalik xayotimga TIUning hissasi juda katta bo‘lgan. A’lo darajadagi ta’lim muhiti, do‘stona jamoat, oliy darajali professor-o‘qituvchilar va talabalarga stipendiya shaklida beriladigan akademik yordam, turli stajirovka imkoniyatlari TIUni eng yaxshi tanlovga aylantiradi.
 
TIUni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda minnatdorman, chunki aynan ushbu universitet, shuningdek bizning professor-o‘qituvchilarimiz maqsadlarimda erishishimga turtki bo‘ldi.