Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Janubiy Koreyadagi eng nufuzli universitetlarning biridan KAIST University magistratura bosqichida o‘qish uchun grant yutib oldi.

Mening ismim Enver Menadjiyev, men 21 yoshdaman va 2021 yilda ICE fakultetini tugatdim.
 
Koreyadagi siz kirgan magistratura dasturi, universitet va shahar nomi nima?
 
2021 yil 18-iyun kuni men KAIST universitetining (//www.kaist.ac.kr/en/) Sun’iy intellekt fakultetiga grant asosida o‘qishga kirganim haqida xushxabar oldim. Ushbu universitet Tedjon shahrida joylashgan.
 
Aynan shu universitetni tanlashga nima sabab bo‘ldi?
 
KAIST haqida birinchi marta oilamdan bildim, keyin do‘stlarim ham bu universitet haqida gapira boshladilar. Ushbu universitet dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy maqolalar soni bo‘yicha u 7-o‘rinni egallab, Berkley, MIT, Stanford, UCLA va UCSD kabi dunyoga mashhur universitetlar qatoriga qo‘shilgan. Mutaxassislarni tayyorlash oliy darajasi va natijalarga yo‘naltirilgan yuqori e’tibori KAISTni mutaxassis sifatida yanada rivojlanish uchun eng yaxshi joylardan biriga aylantiradi.
 
Albatta, universitetdagi bunday oliy darajali ta’lim raqobatni ham juda yuqori darajaga ko‘taradi. Shu munosabat bilan men taqdirdan va bunga erishishimda yordam bergan barcha insonlardan nihoyatda minnatdorman. Bu o‘zbekistonlik oddiy yigit uchun hayotga ko‘p eshiklar ochilishi deb bilaman.
 
Imtihonlarni topshirish qiyin bo‘ldimi?
 
Imtihon jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, intervyu va test topshirig‘ini bajarishni ichiga qamrab olgan edi. Intervyu shaxsiy fazilatlarni va ushbu sohadagi asosiy texnik bilimlarni aniqlashga qaratilgan. Shaxsiy xususiyatlarga oid ba’zi savollar: “Stressni yengish qanday yo‘llarini bilasiz?”, “O‘zingiz bajargan vazifalardan eng qiyini qaysi bo‘lgan?”. O‘z navbatida, sohadan savollar: “Manifold learning” va “Adam optimizer”. Test vazifasi “kaggle.com” ochiq manbadan asosiy taxminiy modelni yozish edi. Ushbu topshiriqlarning barchasi nomzodni har xil tomondan ochib beradi va men ushbu yondashuv tanlov jarayonida eng keng qamrovli usullardan biri deb o‘ylayman.
 
Qabul jarayonida sizni eng ko‘p ajablantirgan narsa nima?
 
Professor – o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishlarini juda yuqori darajasiga qaramay, ular intervyu olib boradilar. Bu, albatta, meni chukur hayratda qoldirdi. Potensial domla bilan muloqot qilish, uning tadqiqot yo‘nalishini tushunish, bularning barchasi noyob tajribadir, men barchaga nasib qilishini chin dildan tilayman.
 
Kelajakdagi rejalar
 
Hayotimning keyingi bosqichini men IT sohasida ishlashga bag‘ishlamoqchiman. Men har doim texnologiyalarni yaratishga qiziqib kelganman. Shu sababli, men olgan bilimlarimning qo‘llanishini va odamlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiradigan texnologiyalar bilimiga ega bo‘lishni istar edim. O‘qishni bitirgandan so‘ng, men ushbu rejani amalga oshiraman va yaratishga qodir tajribali mutaxassis bo‘laman deb chin dildan umid qilaman.
 
Uzoq muddatli rejalar o‘zgarishga moyil, ammo men professional darajada o‘sishni va o‘zimni sevimli sohamga bag‘ishlash uchun yetarlicha vakolatli bo‘lishni xohlayman.
 
Talabalik hayotingizda Toshkent shahridagi Inha universiteti qanday rol o‘ynadi?
 
Bularning barchasi Toshkent shahridagi Inha universiteti bo‘lmaganda mumkin bo‘lmas edi. Bu yerda do‘stlar orttirdim, bilim, bebaho tajriba va kasbga ega bo‘ldim. Ba’zi bir kursdoshlarim bilan KAISTda yo‘limni davom etish ham nasib qildi.
 
TIU tufayli men o‘z kasbimni topdim va Backend dasturchisiga aylandim, shuningdek o‘zimni Android va Desktop ishlab chiqishda sinab ko‘rdim. Bularning barchasi universitetning ajoyib professor-o‘qituvchilari tufayli amalga oshirildi.
 
Professor Frensis Tay Noga samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. U meni KAISTga kirishga ishontirgan va hujjat topshirishda tavsiyanomani bergan professor. Shuningdek, professor Bahodir Axmedovga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, u meni nafaqat KAIST universitetiga tavsiya qildi, balki o‘rnak bo‘lib, nimaga intilish kerakligini ko‘rsatdi. Professor Alessandro Agostini menga yaqin orada nashr etiladigan Uzbek WordNet loyihasida ishtirok etish imkoniyatini berdi. Hozirgi kunda men kim bo‘lganimdan butun Inha professor-o‘qituvchilariga cheksiz minnatdorman.
 
Dastlabki, Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirishim onamning maslahatlaridan boshlangan, u har doim qarorlarimda meni qo‘llab-quvvatlagan va shubhali onlarda menga yo‘l ko‘rsatdi. Oila har qanday ishda qo‘llab-quvvatlash, har qanday rivojlanishning asosi bo‘lgan va doim shunday bo‘ladi.
 
O‘z orzulari yo‘lida bunday ajoyib sayohatni amalga oshirish barchaga nasib qilishini chin dildan umid qilaman.
 
 
 
«KAIST Koreyaning eng raqobatbardosh ilmiy – texnik universiteti sifatida dunyoga mashhur. Qabul jarayonida kuchli raqobat bo‘lganligi sababli, KAIST shu paytgacha bitta ham o‘zbek talabani qabul qilmagan. KAIST AI magistraturasi esa qabulda undan ham yuqori raqobatbardoshlikka ega.
Men uchta talabani oldindan filtrlash orqali ariza topshirish uchun tanladim va ularni SI Oliy maktabi rahbari, professor Son Chong bilan tanishtirdim. Professor Chong mening kuchli tavsiyamga binoan bu safar tavakkal qilishga qaror qildi. Men talabalarim KAIST AI magistraturasining yuqori darajadagi talablarini oqlashiga ishonaman.
Enver va Artyomga professor Dje-Sik Choy (tushuntiriladigan sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar direktori), Xolmatov tadqiqotlariga esa professor Son Chong (SI Oliy maktabi rahbari) rahbarlarlik qiladi.
Menimcha, bu nafaqat TIU uchun, balki O‘zbekiston uchun ham muhim bosqich» – Frensis Tay No