Xurmatli talabalar!
Sizlarni o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaganingiz bilan tabriklayman!
Hammangizga ma’lumki, 2020 yil O‘zbekistonda “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da davlatimiz hukumati tomonidan bugun axborot texnologiyalari sohasida tayyorlanayotgan mutaxassislarga alohida e’tibor va yuksak ishonch bildirilgan. Bu ishonchni oqlash uchun esa zamon talablariga mos holda yaxshi o‘qish, izlanish, o‘z ustingizda doimiy ishlashingiz va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishingiz talab etiladi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda boshqa talabalarga namuna bo‘ladigan o‘z innovatsion loyihalari bilan ulkan yutuqlarga erishayotgan talabalarimiz bilan biz faxrlanamiz!
O‘ylaymanki, o‘z navbatida ta’til vaqtida ham innovatsion g‘oyalaringizni amaliyotga tatbiq etishingiz uchun ya’nada ko‘proq intilasiz.
Buning uchun biz sizlarga zarur sharoitlar yaratib berishga va doim qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz!
Bu borada ta’kidlash joizki talabalarimiz uchun yozgi ta’til vaqtidan samarali foydalanishlari maqsadida masofaviy ta’lim tadbirlari va onlayn master klasslarni tashkillashtiramiz.
Shu bilan birga sizlarga, Toshkent shahridagi Inha universitetining davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tmoqchiman.
Davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Universitet tomonidan 2020 yil 27 fevraldagi 16-sonli ichki buyrug‘iga asosan Toshkent shahridagi Inxa universiteti davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‘tkazish buyicha kommissiya a’zolari belgilandi.
Ushbu komissiya a’zolari tomonidan universitet tegishli bo‘limlari mutaxassislari bilan birgalikda oliy ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlariga muvofiq Universitet ichki hisoboti va ko‘rsatkichlari bo‘yicha tegishli jadvallarini tayyorlash ustida ish olib borildi.
Shuningdek universitet ta’lim jarayoni bilan bog‘liq tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlanib, jamlandi.Shuning bilan birga davlat akkreditatsiyasidan o‘tish mezoniga muvofiq universitet talabalarining fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi)ni aniqlash bo‘yicha test imtihonlarini o‘tkazish bosqichidan o‘tish maqsadida tegishli fanlar va talabalar ruyxati shakllantirildi.
Joriy yilning mart oyida davlat akkreditatsiyasidan o‘tish mezoni talablariga asosan universitetning ichki baholash bo‘yicha hisoboti tegishli tasdiqlovchi hujjatlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.
Joriy yilning aprel oyidan universitetni davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 470-sonli qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha reja-jadvaliga muvofiq boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi reja-jadvaliga muvofiq, joriy yilnig aprel va may oylarida baholash bo‘yicha ekspert komissiyasi tomonidan bevosita universitet talabalarining fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi)ni aniqlash bo‘yicha test imtihonlarini o‘tkazish, dars sifati va o‘quv jarayonlarini baholashi kutilgan edi.
Ammo koronavirus infeksiyasi (SOVID-19) tarqalishi va talabalar ta’lim muassasalari o‘quv darslariga qatnashishi vaqtincha to‘htatilganligi sababli ekspert komissiyasi va vakolatli organ mutaxassislarining universitetga tashrif buyurishi, xamda talablarning fan dasturlari buyicha bilimlarini baholash bosqichlari – Davlat Ta’lim Ispeksiyasining taklifi asosida O‘zbekiston Respublikasi huqumati roziligi bilan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv darslari to‘liq boshlanganidan keyin ushbu yilning oxiriga qadar amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi huqumati roziligi bilan davlat akkreditatsiyasi jarayonidan o‘tkazilayotgan Oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda Toshkent shahridagi Inha universitetining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-sonli qarori bilan belgilangan davlat akkreditatsiyasining amal qilish muddati 2020 yil 31 dekabrigacha uzaytirildi. Ushbu havola orqali Toshkent shahridagi Inha universitetining davlat akkreditatsiyasining amal qilish muddatini tekshirishingiz mumkin:
//reestr.tdi.uz/organization/MTQ5NzZfMjAyMC0wNS0xNSAxMToyODoyNw%3D%3D?lang=uz
Universitetimiz talabalarining ta’lim jarayoni, o‘quv darslari va boshqa masalalar bilan bog‘liq savol va takliflarini doimo ko‘rib chiqishga tayyorman!
Cizlarga sog‘lik va salomatlik tilayman!