Elsevier nashriyot kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari va o’qituvchilari uchun Scopus va Science Direct kabi manbalarga masofadan kirish imkoniyatini taqdim etdi.
Shu yilning yozgi ta’til oxirigacha Inha Universiteti talabalari va o’qituvchilari Science Direct platformasida joylashgan 5,600 dan ortiq kitob va jurnallardan masofada bo’lib ham foydalana oladilar. Yangi o’quv yilidan boshlab, Elsevier va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rtasidagi kelishuvga binoan, ushbu xizmatlardan foydalanish Toshkent shahridagi Inha Universiteti binosida taqdim etiladi.
Science Direct fizika va muhandislik fanlari, tabiiy fanlar, tibbiyot fanlari, ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlar va boshqa bo’limlarni o’z ichiga olgan yetakchi tahliliy adabiyotlar platformasidir. Ushbu platformada 2500 ga yaqin ilmiy jurnallar va 26000 elektron kitoblar mavjud.
Scopus – bu sohada mustaqil mutaxassislar tomonidan yaratilgan eng katta manbaning ma’lumotlar bazasi bo’lib, minglab ilmiy nashrlar va kitoblarni o’z ichiga oladi.
Ushbu xizmat ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarning manbasini aniqlash uchun ajoyib vositadir.