“Kompyuter va dasturiy injiniring” fakulteti 2-bosqich talabasi Amirbek Po‘latov “Sturgeon Capital LTD” kompaniyasining o‘quv granti sohibi bo‘ldi. Ushbu grant Universitetda o’qish xarajatlarini qoplaydi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov g‘urur bilan a’lo darajadagi yutuqlari uchun sertifikat topshirdi va Amirbek Po‘latovga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda “Sturgeon Capital LTD” MChJ Toshkent filiali boshqaruvchi direktori Alijon Ravshanovga chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari hamda qoʻshma taʼlim dasturlari va talabalar uchun amaliyot oʻtashni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Sturgeon Capital Buyuk Britaniyaning investitsiya kompaniyasi bo‘lib, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi Yangi Ipak yo‘li mintaqasiga sarmoya kiritish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega.

