Toshkent shahridagi Inha Universitetida barcha auditoriyalar to’liq dezinfeksiya qilindi

 

22 mart kuni Universitetning  A va B  binosi to’liq dezinfektsiya qilindi: o’quv xonalari, laboratoriyalar, o’qituvchi professorlar xonalari, kutubxona, oshxonalar, yo’laklar, zinapoyalar, liftlar va  Universitetga tegishli bo’lgan barcha hududlar.

 

24 martdan  Universitetning «B» binosi butunlay yopishga qaror qilindi.

 

Eslatib o’tamiz, 16 martdan O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti barcha o’quv muassasalari talabalar uchun yopiq  deb e’lon qilingan.

 

Shu qatorda 17 martdan buyon Toshkentdagi Inha Universitetning v.b. rektori buyrug’iga asosan, xodimlarning 80 foizi distansion ishlashga va ayrimlari pullik mehnat ta’tiliga chiqarilgan.  Universitetning qolgan xodimlari universitet binosining kirish qismida qattiq tibbiy ko’rikdan o’tkazilib niqoblar bilan ta’minlanmoqda.