Toshkent shahridagi Inha universitetida Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan onlayn talabalar forumi bo‘lib o‘tdi

Tadbir onlayn tarzda o‘tkazildi va o‘quvchilarning bilim olishga, kitobxonlikka, tanlagan yo‘nalishiga qiziqishini oshirish, iqtidorli qizlar safini ko‘paytirishga qaratilgan edi. Forumda muloqot madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, istiqlol g‘oyalari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi mavzular muhokama qilindi.
 
 
Ma’ruzachi sifatida Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchi talabalari taklif etilib, ular erishgan yutuqlari haqida gapirib, birinchi kurs talabalarini rag‘batlantirishdi. Ular orasida Toshkent shahridagi Inha universitetining iqtidorli talabalari va faol bitiruvchilari: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yilda “Yil talabasi” unvoniga sazovor bo‘lgan Ummatoi Yo‘ldosheva; Sevinnch Maxmudova, talaba, Ixtirochi ayollar uyushmasining “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi; 2018 yil bitiruvchisi Komola Samigova hamda “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakulteti talabalari Aripova Aziz, G‘aniyeva Dildora, Juraeva Dilobarlar o‘qish davomida erishgan yutuqlarini taqdim etdilar.