“Seeds for the Future” ta’lim loyihasi Huawei kompaniyasi tomonidan yaratilgan va ketma-ket oltinchi yil o‘tkazilmoqda. Dunyodagi pandemiya bilan bog‘liq mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, joriy yilda “Kelajak uchun urug‘lar” loyihasi onlayn tarzda amalga oshirilmoqda, biroq bu uning qiymati va axborot mazmunini hech qanday kamaytirmaydi.
Bu yil O‘zbekistondan saralangan 30 nafar talaba, jumladan, Toshkent shahridagi Inha universitetining 11 nafar talabasi onlayn tarzda o‘qishni boshladi. Ishtirokchilar 5 kun davomida 5G texnologiyalari, bulutli hisoblashlar, sun’iy intellekt, HMSni o‘rganish bo‘yicha kurslarda qatnashishlari, shuningdek, Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohi va bazalariga virtual sayohatlar uyushtirishlari hamda XXR madaniyati va an’analari bilan tanishishlari mumkin bo‘ldi. . Ko‘proq interaktivlik uchun talabalar Huawei kompaniyasining bosh ofis va mintaqaviy vakolatxonasi mutaxassislaridan onlayn ma’ruzalarga taklif qilindi.
“Kelajak uchun urug‘lar” loyihasi nafaqat bilim olish imkonini beradi, balki bo‘lajak AKT mutaxassislari uchun ishga joylashish imkoniyatlarini ham ochadi, shuning uchun 2018 va 2019-yilgi dasturlarning universitetni tamomlagandan so‘ng bitiruvchilari O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasida amaliyot o‘tashdi va ularning bir qismi. allaqachon O‘zbekiston ofisining xodimlariga aylangan va shu orqali raqamli O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shishda davom etmoqda.
Ushbu innovatsion loyihada Toshkent shahridagi Inha universitetining 11 nafar talabasi ilk bor ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan qayd etaman.
“Seeds for the Future” kabi loyihalar orqali talabalar nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham keng qo‘llanilayotgan Huawei yechimlari va mahsulotlari, texnologiyalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Toshkentdagi Inha universiteti va Huawei 2016-yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Va biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirayotganimizdan xursandman. Shunday qilib, universitetning 5 nafar muvaffaqiyatli talabalari kompaniya tomonidan 4 yillik o’qish uchun to’liq grantga ega bo’lishdi.
Biz hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni joriy etish va shu orqali mamlakatimizning IT-sohasida kadrlar salohiyatini oshirishni intiqlik bilan kutamiz”, — dedi oʻz nutqida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov.
