«Birdamlik»loyihasi Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari tomonidan yaratilgan bo’lib,Covid -19 Challenge 2020 tanlovida yutuqli beshta asosiy g’oliblardan biri sanaladi.
«Kompyuter va dasturiy injiniring»fakulteti 4-kurs talabalari-Bexzodxon Maxkamov,Azizbek Kobilov,Shoxsanam Shirinkulova,Feruza Latipova ,Maftuna Ziyamova,Akbarshox Muxammatjanov-yordamga muhtoj fuqarolarni ko’ngillilar bilan bog’lash uchun platforma yaratdilar. Loyiha birdamlik.uz veb-saytida joylashtirilgan.
Loyiha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-ko’ngillilar tashkilotiga a’zo bo’lishlari;
-o’zining ko’ngillilar guruhini yaratishi;
-ko’ngillilar guruhini muvofiqlashtirish;
-ko’ngillilarning yordamiga muhtojlar va tadbirlar haqida ma’lumot yeg’ib borish;
Havola(ssilka)ga o’ting va qo’shiling://birdamlik.uz
Covid-19 tarqalayotgan va o’zini o’zi izolyatsiya qilish rejimi bilan bog’liq bo’lgan hozirgi sharoitda ko’ngillilarning yordami har qachongidan ham zarur.
Loyiha juda oson qo’llaniladi:hozirgi vaqtda platformadan foydalanib,ularga ariza va taklifnomalarni yuborish orqali siz ko’ngillilarni muvofiqlashtira olasiz.Shuningdek, o’zlarining ko’ngillilar guruhini tuzishlari va u yerga boshqa hohlovchilarni ham jalb qilishlari mumkin.
Arizalar murojatchilar tomonidan ikki xil usul bilan topshiriladi ,birinchi usul-bu muhtojlarga mo’ljallangan tezkor ariza(ro’yxatdan o’tmasdan)yo’li orqali, ikkinchi usul- ko’ngillilar bilan ishlaydigan tashkilotlar orqalin ro’yxatdan o’tish.
