Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari o’quvchi yoshlar o’rtasida oliy ta’lim muassasalariga targ’ib qilish bo’yicha tadbirlar o’tkazdilar

 

Universitetning yigirma ikkita faol talabalaridan tashkil topgan «Student promotion group», tuzilgan bo’lib, Inha universiteti talabalari qishki ta’til jarayonida o’z shaharlarida o’rta mahsus, maktab o’quvchilari bilan uchrashib, oliy ma’lumot olishning ahamiyati va foydali jihatlari to’g’risida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdilar.

Ta’til jarayonida talabalar Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Namangan, Andijon, Qarshi, Xorazm va Toshkentdagi 40ta umumta’lim maktablari, 4ta akademik litsey va  1ta o’quv markaziga tashrif buyurdilar va 3500dan oshiq o’quvchi yoshlar bilan uchrashdilar.

Inha universiteti talabalari o’qishni davom ettirish, oliy ma’lumot olish muhimligi va universitetda o’qitish istiqbollari haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdilar. Universitet talabalari taniqli tadbirkorlar, siyosiy va jamoat arboblari shuningdek, bevosita Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va bitiruvchilarining muvaffaqiyatga erishganliklari to’g’risida so’zlab berdilar.