21 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun Markaziy Osiyodagi Trend Micro kompaniyasi vakillarining ma’ruzasi o‘tkazildi.
Spiker sifatida Trend Micro kompaniyasining mintaqaviy menejeri Nurbek Raximov so‘zga chiqdi.
Nurbek Raximov axborot xavfsizligini nima uchun o‘rganish kerakligi, ushbu soha qanchalik talabgorligi hamda kelajakda nechta ish o‘rinlari ochilishi haqida so‘zlab berdi.
TIU talabalari axborot xavfsizligi qaysi domenlarga bo‘linishi hamda o‘qishni nimadan boshlash kerakligi, shuningdek xakerlardan va viruslardan himoya qilish choralari haqida bilib oldi.
Ma’ruza IUT logist-talabalari o‘rtasida katta qiziqish o‘yg‘otti. Spiker uchrashuvni yakuniy qismida IUT talabalarining savollariga javob berdi.
Trend Micro Incorporated kiberxavfsizlik yechimlari sohasida dunyoda yetakchidir. Yetakchi infratuzulmalar uchun maqbullashtirilgan yechimlar, jumladan Amazon Web Services, Microsoft va VMware tashkilotchilarga zamonaviy tahdidlardan axborotni himoya qilish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tish joizki, 2018 yilning 22 oktabr kuni IUT va Trend Micro uning doirasida kiberxavfsizlik va AT ta’lim sohasida hamkorlik qilish maqsadida memorandum imzolagan.