2022-yil 31-mart kuni TATUda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-Women, IT-park ko‘magida qizlar o‘rtasida innovatsion IT-loyihalarning taqdimoti tashkil etildi. Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ishtirok etib, oʻzlarining IT-loyihalari taqdimotlarini oʻtkazdilar.
TshIU 3-kurs talabasi Sevinch Maxmudova “Jahonga mashhur loyihalar qanday paydo bo‘ladi” mavzusida hamda «SunChild – Daun sindromi bilan tug’ilgan bolalar va ularning ota-onalari uchun dastur» haqida taqdimot qildi.
TshIU 1-kurs talabasi Nigora Ahmedova o‘zining bolalarga tez o‘qish texnikasini o‘rgatish bo‘yicha “Tezkor o‘qish akademiyasi” guruhi loyihasi (Farangiz Nutfilloyeva, Shahrizoda Isoyeva bilan birgalikda) haqida gapirdi.