TshIUda ilk bor bitiruvchilar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

2022-yil 30-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida universitet bitiruvchilarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir TshIU bitiruvchilari uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov (TshIU birinchi rektori), S.Babaxojaev (TshIU ikkinchi rektori), X.Umarova (prorektor, bosh menejer), shuningdek, universitetning hozirgi rektori M. Djalalov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universitetining turli yillardagi bitiruvchilari o’z nutqlari bilan chiqish qildilar.

Eslatib oʻtamiz, TshIU bitiruvchilari uyushmasi 2020-yil bitiruvchilari Azizbek Qobilov va Behzodxon Maxkamovlar tomonidan tashkil etilgan.

Bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazib turish rejalashtirilmoqda.