2022-yil 24-fevral kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi Inha universiteti va Yoshlar agentligi hamkorligida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashamiz” shiori ostida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Tadbirlarda Mirzo Ulug‘bek tumani yoshlari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida sport o‘yinlari, deputatlar va yoshlar uchrashuvlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.