Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Germaniyada o’qish uchun stipendiya yutib oldi

Sevara Axbaeva O’zbekistonlik talabalarga Germaniyada o’qish uchun stipendiya taqdim etadigan DAAD dasturiga hujjat topshirdi.
«Men aynan o’zim xohlagan universitetga – Saarland universitetiga «Computer Science» yo’nalishi bo’yicha o’qishga kirdim.
Tan olaman, bu oson bo’lmadi. Bu ko’p mehnat va vaqt talab etdi, lekin ishonamanki, mehnatlarim bunga arziydi. Shuning uchun men boshqa talabalarni ham maqsadlarimizga erishish uchun bizga taqdim etilayotgan imkoniyatlarni izlashga va ulardan samarali foydalanishga undamoqchiman «.