27-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi kurs talabalari kuni bo’lib o’tdi, unda talabalar birinchi marta o’qish joyiga tashrif buyurishdi, bir-birlari va universitet ma’muriyati bilan tanishishdi.
Ta’kidlash joizki, tadbir barcha karantin qoidalariga rioya qilingan holda o’tkazildi. Kirish joyida har bir talaba antiseptik vositalaridan foydalanib, haroratlari o’lchandi va tibbiy niqob berildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov tadbirni tantanali ochib berdi, hamda talabalarni o’qishga muvaffaqiyatli kirganliklari bilan tabriklab, ularga o’z maqsadlariga erishishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Yoshlar siyosati bo’yicha prorektori Turdimurat Tursunmuratov va moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo’yicha menejeri Rustam Kazakov ham tabrik so’zlarini aytishdi.
Taqdimot doirasida birinchi kurs talabalari o’quv jarayoni, universitetning tashkiliy-ma’muriy tuzilmasi, Talabalar bilan ishlash va ularni qo’llab-quvvatlash bo’limi, IT bo’limi, PR bo’limi, Talabalar Ittifoqi faoliyatlari bilan tanishishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollarni so’rashdi.
Tadbir talabalarni universitet bilan tanishtiruv ekskursiyasi bilan yakunlandi.