2021-yil 13-fevral kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT-park) ko‘rgazma zalida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan va ishlayotgan talaba va yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi. AKT.
Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari, xususan:
 
Alisherova Madinabonu
Mirzaakbarov Javohirbek
Maxamadaliev Ibroximjon
2021/2022 o‘quv yili uchun AKT vazirligi tomonidan stipendiya sertifikatlari topshirildi.
Shuningdek, Iqtisodiy prognozlash va moliyaviy rejalashtirish kafedrasi mudiri Abdujabbarova Durdona mehnat faoliyatidagi faol ishtiroki, tashabbuskorligi va universitet rivojida erishgan natijalari uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.