Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari “Beshta muhim tashabbus” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
 
2020-yil 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Beshta muhim tashabbus”ni amalga oshirishga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ham faol ishtirok etdi.
 
Universitet talabalari tomonidan yaratilgan turli innovatsion loyihalar ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining loyihalari bilan ham tanishdi. Universitet talabasi Bekzod Erkinov tomonidan yaratilgan “O‘zi boshqariladigan avtomobil” dasturi hamda Shahzod Botirov tomonidan yaratilgan “Aqlli velosiped” loyihalari ko‘rgazma ishtirokchilari tomonidan e’tirof etildi.