28 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Ilmiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda rahbariyat, barcha kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv gibrid oflayn + onlayn formatda o’tkazildi.
Yig‘ilish doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov 2019-2020-yillarda amalga oshirilgan ishlar va 2021-yilga mo‘ljallangan rivojlanish rejasi haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, xorijiy va mahalliy o‘qituvchilar so‘zga chiqdilar.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 14-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Ilmiy kengash tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi sohada malakali mutaxassislarni yuqori sifatli tayyorlashni ta’minlash uchun yetakchi, o‘quv-ilmiy va ta’limga yordam beruvchi xodimlarning sa’y-harakatlarini birlashtirishdan iborat. IT, logistika va ta’limning boshqa yo‘nalishlari, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni jahon miqyosida rivojlantirish va ularning natijalarini amaliy faoliyatga joriy etish.