Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi direktori Hilola Umarova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi qaroriga asosan Toshkent shahridagi Inha universitetining innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar faol tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh menejeri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabi direktori Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Hilola Umarovani samimiy tabriklaydi va universitet rivojiga qo‘shgan qimmatli hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi. Biz juda faxrlanamiz va yangi ishingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!