2018 yilning 24 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Capture the Flag «Bayroqni qo‘lga kiritish» xalqaro tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha master-klass bo‘lib o‘tadi.
Capture the Flag «Bayroqni qo‘lga kiritish» tanlovi – bu bir nechta jamoa o‘zaro musobaqalashadigan o‘yin. Mazkur tadbir kompyuterda axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘tkaziladigan ochiq master-klass bo‘lib, respublikamizda axborot xavfsizligini takomillashtirishga qaratilgan.
Tanlovning asosiy maqsadi kiberxavfsizlikka qiziqadigan iqtidorli yoshlar va talabalarga ushbu sohada o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish hamda O‘zbekistonda axborot xavfsizligi sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarni to‘plash va ularni muhokama qilishdan iborat.
Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, kerakli ballarni to‘plash uchun onlayn topshiriqlarni bajaradi. G‘olib axborot xavfsizligi bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchilari orasidan tanlanadi.