Hikoyalar, maslahatlar va ko’plab selfi: «Angry Birds» o’yinini ihtirochisi Toshkentdagi Inha Universitetiga tashrif buyurdi

 

Peter Vesterbaka Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Hamma sevgan Angry Birds o’yini qanday ihtiro etilgani, muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari, sevimli mashg’ulot biznesga aylangani haqida so’zlab berdi.

Peter Vesterbakani katta zalda yigilgan yuzlab muhlislar tarafidan juda iliq va qarsaklar ostida kutib olindi. Barchaga taniqli inson bunday iliq munosabat uchun minatdorchilik bildirib a’lo kayfiyat bilan o’z muhlislari bilan suhbat olib bordi.

Peter Vesterbakaning aytishicha ,u bu muvaffaqiyatga qisqa vaqt ichida erishmagan. Barchaga sevimli bo’lgan bu oyining birinchi foydalanuvchisi shu oyini ishlab chiqishda o’z hissasini qo’shgan yana bir yaratuvchining onasi bo’lgani haqida so’zlab berdi. «Nikalas yangi yil arafasida onasiga telefon bilan aynan shu oyini bergan edi. U onasining bu oyinga bo’lgan qiziqishini ko’rib o’yin muvaffaqiyatli yaratilganini tushunib etdi».

An’anaga ko’ra, Universitet rahbari Muzaffar Djalalov mehmon uchun Universitet bo’ylab sayohat uyushtirdi. Uchrashuv yakunida, amaldagi rektor Piter Vesterbukga Universitet tomonidan estalik uchun sovga taqdim etdi va javoban mehmon ham o’z vatanidan olib kelgan shirinliklarni taqdim etdi.

Eslatib o’tamiz 26 fevral kuni Toshkentdagi Inha universitetida IT Park va Top Management tashkiloti bilan Finlyandiyaning «Rovio» kompaniyasining marketing bo’yicha direktori Peter Vesterbackaning  bilan uchtashuv bo’lib o’tdi. 

TIME jurnalining ma’lumotiga ko’ra Peter Vesterbacka «Dunyodagi 100 ta obro’li odam» reytingiga va 2015 yilda esa  o’ntalik reyting ro’yhatiga kiritilgan.