«ITWomenUz»

2019 yil, 18-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ITWomenUz deb nomlangan tadbirning uchunchi yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.

Ushbu loyiha uch bosqichdan iborat bo’lib maqsadi yurtimiz ayollarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb qilish, ularga mobil dasturlar, veb-saytlar, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, kompyuter grafikasi va dizaynida o’qitish, shuningdek dasturchi sifatida shaxsiy rivojlanish bo’yicha o’quv dasturlari shaklilantirishda yordam berishishdur.
Birinchi bosqich, 2019 yil 19-24 avgust kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida hafta davomida o’tkazilgan o’quv mashg’ulotlari bo’lib ayollarning mobil ilovalarni tayyorlash, veb-saytlar yaratish, dasturiy mahsulotlar, kompyuter grafikasi va dizaynini yaratish bo’yicha malakalari oshirildi. Nazariy bilimlarga ega bo’lgandan so’ng, loyiha ishtirokchilari universitetlar, tashkilotlar va korxonalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amaliyot o’tkazdilar.
19-sentyabrda ITWomenUz loyihasining ikkinchi bosqichi bo’lib unda guruh vazifalarini bajarish uchun bir nechta qizlardan iborat bo’lgan guruhlar tashkil etildi. «ITWomenUz» loyihasi ishtirokchilari o’zlari yaratgan veb-saytlar, dasturiy mahsulotlar va mobil ilovalar, elektron plakatlarni namoyish etdilar. Eng muvaffaqiyatli ishtirokchilar ITWomenUz tanlovining yakuniy bosqichiga yo’l oldilar.
Uchinchi bosqich ochilish marosimida O’zbekiston Xotin – qizlar qo’mitasi raisi E.Basitxanova ishtirok etib, ITWomenUz ni tashkil qilishdan maqsad yurtimizdagi ayollarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb qishish va bugungi kunga kelib yurtimizda eng talabrod kasblardan biri bo’lib kelayotkani, kelajakda IT mutahasisslarini yanada ko’proq qollab quvatlash va sharoitlar yaratilishi togrisida takidlab o’tdilar .Rasmiy hisobodga ko’ra bugungi kunga kelib yurtimizda 28323 IT mutaxassislari bo’lib ulardan 8383 tasi ayollarni tashkil etmoqda.
Va nihoyat uchinchi bosqichda ishtirokchilar «Eng yaxshi mobil ilova», «Eng yaxshi veb-sayt», «Eng yaxshi dasturiy mahsulot», «AKT sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha», «Eng yaxshi elektron plakat» nominatsiyalarini taqdim etib,ekspertlar kengashi natijasiga ko’ra qolib deb topilgan q’oliblarga diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Shuningdek, o’quv va amaliyot davomida yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.Kelajakda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tashkil etishni istaganlar uchun kreditlar ajratiladi.