2018 yilning 12 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun “LinkedIn platformasida onlayn obro‘ni shakllantirish va boshqarish” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirda Shaxina Po‘latova spiker sifatida so‘zga chiqadi.
Shaxina Po‘latova Kremniy vodiysi mutaxassisi. “Mashina yordamida o‘rganish” mutaxassisligi bo‘yicha kompyuter fanlari magistri darajasiga ega. Mahsulotlarni boshqarish sohasida yetakchi hisoblanadi. O‘z faoliyati davomida mashinali o‘qitish tizimida chuqur ildiz otgan, qidirish va aniqlash hamda tavsiyanomalar berish tizimida ko‘plab innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqqan.
Kremniy vodiysi eksperti, profil va reputatsiya borasidagi yanada muhimroq mahsulotlarni yaratishga ihtisoslashgan LinkedIndagi mahsulot profili va o‘xshashligi yulduzli jamoasiga boshchilik qiladi.
Shuningdek, ma’ruzachi tadbir ishtirokchilari bilan LinkedIn platformasida onlayn obro‘ni shakllantirish va boshqarish borasidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashadi.