IUTda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

 
2018 yilning 21 dekabr sanasida Toshkent shahridagi Inha universitetida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 
Davra suhbati universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari orasida giyohvandlik va narkotik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida tashkil etildi.
 
Davra suhbatini kirish so‘zi bilan universitet prorektori T.Tursunmuratov ochib berdi hamda u talaba va xodimlarga ushbu mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
 
Davra suhbatini kirish so‘zi bilan universitet prorektori T.Tursunmuratov ochib berdi hamda u bugungi kunda yoshlar ma’naviy-ahloqiy, tarbiyaviy va to‘g‘ri turmish tarzini yuritishida ushbu mavzuning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi.
 
Shundan so‘ng so‘zga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarini nazorat qilish  milliy markazi mas’ul xodimi M.Utiniyazov so‘zga chiqdi va davra suhbati ishtirokchilariga bugungi kunda yoshlar o‘rtasida narkotik moddasidan foydalanish hollari ko‘plab uchrayotgani va bugunda sun’iy narkotik moddalardan foydalanish keng tarqalayotgani haqida ma’lumot berdi.
 
Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga giyohvandlik va uning oqibatlarini namoyish etuvchi videolavha ko‘rsatildi. Shundan so‘ng talabalar o‘zlarni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.