7- May kuni O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi IT-texnologiyalari va aloqa sohasi xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan taqdirladi.
Toshkent shahridagi Inha Universiteti v.b rektori Muzaffar Djalalov: hamkorlikni rivojlantirsh va homiylikni jalb etish bo’limi boshli’gi Mirzaxmedov Miryoqub va xalqaro hamkorlik bo’limi Allamuratov Timurga faxriy yorliqlarni tantanali ravishda topshirdi.
“Bugungi kunda O’zbekistonda IT- sohasi rivojlanmoqda. Toshkent shahridagi Inha Universiteti IT- sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda o’z hissasini qo’shmoqda. Shu munosabat bilan Universitet xodimlarining ana shunday yuksak mukofotlarga sazovor bo’lganlari biz uchun katta g’ururdir”, dedi Toshkent shahridagi Inha Universiteti v.b. rektori Muzaffar Djalalov.