Joriy yilning 21-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Davlat tilimiz kunining 31 yilligi nishonlanishi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet prorektori Turdimurat Tursunmuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ushbu tadbirga Hindistondan filologiya fanlari nomzodi Rahim Jumaniyozov va universitet professori Abdul Rahim Nosir ham taklif etilgan. Ular talabalarga milliy tilga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdilar. Onlayn tadbir oʻzbek tilidagi turli faktlar va sheʼrlarga boy boʻldi.