SRPOST (Janubiy Koreya) va Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26 yanvar kuni Toshkent  shahridagi Inha universitetida elektron hukumat va aqlli shaharlar sohasida dasturiy ta’minot ishlab chiqish va loyihalar bo‘yicha konsaltingga ixtisoslashgan SRPOST kompaniyasi vakillari bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, ushbu kompaniya 2007 yilda tashkil topib, 150 dan ortiq mijozlarga ega va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sohasida Janubiy Koreyaning dasturiy ta’minot bozorida yetakchilik qilmoqda.
 
Videokonferensiya davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti va SRPOSTning o‘rtasida “Citizens.uz” tizimi loyihasini amalga oshirish va kelgusida, Koreya hukumati granti ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va davlat idoralari (hokimiyatlari) o‘rtasidagi o‘zaro aloqalari sohasiga joriy etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Eslatib o‘tamizki, o‘tgan yili SRPOST kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurgan edi, uning davomida elektron hukumat va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘rtasidagi hamkorlik haqida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolangan edi.