Tech Central Asia Toshkentdagi Inha universitetida bo’lib o’tadi

 

3-4 avgust kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida Tech Central Asia innovatsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi bo’lib o’tadi.

Tech Central Asia – bu O’rta Osiyo mamlakatlaridagi texnologik startaplarini jadallashtirish dasturi bo’lib, u o’z biznesini ochish yoki rivojlantirishdan manfaatdor yangi boshlovchi tadbirkorlar, talabalar, ixtirochilar va biznes g’oyalarga ega shaxslarga  O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonda rivojlanishiga hissa qo’shishga  yordam beruvchi barqaror biznes qurishga yordam beradi.

Tanlov doirasida ishlab chiqilgan eng yaxshi texnologik yechimlar Nur Sultonga (Ostona, Qozog’iston) Nazarboev universitetidagi Demo kuni dasturining yakuniy tadbiriga taklif etiladi, u yerda ular o’z g’oyalarini amalga oshirish uchun mablag ‘ to’plash imkoniyatiga ega bo’ladilar va shu bilan birga Nazarbayev University akselerator dasturi ABC Quick Startga taqdim etishlari mumkin.