Universitetning akademik qismi bo‘yicha ishchi guruh maktablar, litseylar va kollejlar bitiruvchilarining qamrovini kengaytirish va oliy ma’lumotga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun tashqi ma’ruzalar va prezentatsiyalar bilan tashrif buyurishni boshladi.
Tashqari tadbirlardan maqsad nafaqat poytaxtda, balki mamlakatimizning boshqa shaharlarida ham 11-sinf maktab, litsey va kollej bitiruvchilari uchun Toshkent shahridagi Inha universitetining imkoniyatlarini namoyish etishdir. Bitiruvchilar universitetda qaysi yo‘nalishlar mavjudligi, nima uchun TIU O‘zbekistondagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanishi va diplom olgach ularni qanday kasbiy faoliyat istiqbollari kutayotgani haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha universiteti //inha.uz/pages/185 rasmiy veb-sayti 2021 yildagi qabul kampaniyasi haqidagi dolzarb ma’lumotlarni joylashtirgan. Xozirdan bo‘lajak talabalar hujjatlar topshirish tartibi va boshqa muhim ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.
