22 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v. b. Muzaffar Djalalov boshchiligidagi ishchi guruh, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida universitet rektori v.b. Muzaffar Djalalov va OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov OKMKni raqamlashtirish, rejalashtirilgan avtomatlashtirishni amalga oshirish va IT-kadrlarni tayyorlash masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar Toshkent shahridagi Inha universitetining iqtidorli talabalari uchun amaliyot o‘tash, ularni IT-loyihalarga jalb qilish va ular uchun OKMK bo‘ylab press-turlar tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Kelgusida ilmiy ishlanmalar bo‘yicha qo‘shma hamkorlik, shuningdek, ikki tomon uchrashuvining keyingi vazifalari va maqsadlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish rejaga kiritildi.