24-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Future Laboratory Georgia bosh direktori Irakli Kashibadze hamkorlik memorandumini imzoladi.
Quyidagi kelishuvlarga erishildi:
– Toshkent shahridagi Inha universiteti bazasi asosida FABLAB yaratish ustida ish olib borish;
– universitet biznes-inkubatorida ishtirok etayotgan TshIU talabalari uchun onlayn treninglar va uchrashuvlar o‘tkazish;
– o’qituvchilarni tadbirkorlikka o’qitish bo’yicha ToT (Training of Trainers) kurslarini o’tkazish;
– TshIU bazasi asosida kelajak kasblari maktabini tashkil etish loyihasini amalga oshirish imkoniyati va amalga oshirilishini o‘rganish;
-GoandGrow.ge platformasi (Future Laboratory) mexanizmlaridan foydalangan holda TshIU talabalarining Soft Skills bilimlarini baholash va rivojlantirish imkoniyatlarini o’rganish.
Eslatib o’tamiz, Future Laboratory Georgia faoliyati innovatsiyalar va startap loyihalarni qo’llab-quvvatlovchi ekotizimlarni rivojlantirishga qaratilgan. Irakliy Kashibadze va uning jamoasi texnoparklar, innovatsion laboratoriyalarni muvaffaqiyatli yo’lga qo’ygan va Startup Georgia dasturini amalga oshirgan.